потоморфология

Bo‘lim mudiri:

Madaliev Ahror Alievich - laboratoriya mudiri, oliy toifali patomorfolog.

Asosiy yo‘nalish:

- Gistologiya tekshiruvi

- Cytologiya tekshiruvi

- Immunohistokimya (IHC) analizi tekshiruvi

- Ekspress Gistologiya (Cr

yostat) tekshiruvi

- Autopsiya  tekshiruvi

Asosiy tadqiqot turlari:

Patomorfologiya bo‘limi klinik va ilmiy tadqiqotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanib  bemorlarning tashxisini aniqlash, davolash strategiyasini belgilash va kasallikning prognozini baholash uchun keng qamrovli tadqiqot turlarini amalga oshiradi. Bo‘limdagi asosiy tadqiqot turlari quyidagilardan iborat:

1.     Gистologik tadqiqotlar (Diagnostica histologica)

2.     Sitologik tadqiqotlar (Diagnostica cytologica)

3.     Immunogistokimyoviy tadqiqotlar (Analyses immunohistochemicae)

4.     Intraoperativ tadqiqotlar (Diagnostica intraoperativa / Cryosectio)

5.     Molekulyar va genetik tadqiqotlar (Investigatio molecularis et genetica)

Patomorfologiya bo‘limi tadqiqot turlari zamonaviy diagnostika va klinik qaror qabul qilishning asosi bo‘lib, kasalliklarni erta aniqlash, davolashni individualizatsiya qilish va bemor natijalarini optimallashtirish imkonini beradi.

Texnik jihozlanish:

Patomorfologiya bo‘limida yuqori malakali mutaxassislar zamonaviy ilmiy va texnik jihozlardan foydalangan holda, keng ko‘lamli diagnostik tadqiqotlarni amalga oshiradilar. Bo‘limda gистologik va tsitologik tahlillar uchun zamonaviy mikroskoplar, tsifroviy skanerlar, kriostat, immunogistokimiya (IGH) tahlillari uchun avtomatlashtirilgan platforma va molekulyar-genetik tahlillar uchun zamonaviy uskunalar mavjud. Shu bilan birga, ushbu jihozlar turli to‘qimalarni yuqori aniqlikda tahlil qilish, biopsiya va jarrohlik materiallarini tez va samarali qayta ishlash hamda diagnostika va davolash rejalarini aniq belgilash imkonini beradi. Zamonaviy texnika va innovatsion usullar patomorfologiya bo‘limi faoliyatini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarib, klinik qarorlarni qo‘llab-quvvatlaydi va bemorlarning davolash natijalarini optimal qiladi.

Yillik yuklama:

Yiliga 35 000 dan ortiq tadqiqot o‘tkaziladi

Davolash jarayonidagi o‘rni:

Patomorfologiya bo‘limi zamonaviy tibbiyot tizimida bemorlarni tashxislash va davolash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu bo‘lim klinik ma’lumotlar bilan laboratoriya natijalarini birlashtirib, kasallikning tabiatini, rivojlanish bosqichini va davolashga javob berish imkoniyatini aniqlashda markaziy rol o‘ynaydi. Patomorfologiya bo‘limi jarayondagi har bir bosqichda klinik qarorlar qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi, tashxisni aniqlashtiradi va da

volash natijalarini optimallashtiradi. U zamonaviy tibbiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

Batafsil

Bo‘lim mudiri:
F.I.Sh., lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni.
 t. f.n. Mansurova Guli Baxadirovna. – radioterapevt, oliy toifali shifokor
Asosiy yo‘nalishlar:
O‘sma kasalliklari uchun nur terapiya apparat vositalari bilan davolashni amalga oshirish, individual davolash sxemalarini tanlash, nojo‘ya ta’sirlarni nazorat qilish, qo‘llab-quvvatlovchi nurterapiya.
Ko‘rsatiladigan xizmatlar:
– Statsionar va ambulator nur terapiya;
–  Tashqi nur terapiya va braxiterapiya;
– Jarrohlik ( SRS va SRT) va nur terapiyasi bilan kombinatsiyalashgan davolash.
Zamonaviy yondashuvlar:
Xalqaro klinik protokollardan foydalanish.
O‘rinlar soni:
33 O‘rinlar
Yillik ko‘rsatkichlar:
Yiliga 1500 dan ortiq bemorga nur terapiya ( tashqi nur terapiya va braxiterapiya kurslari o‘tkaziladi .
Qo‘shimcha ma’lumot:
Bo‘lim xalqaro klinik sinovlarda ishtirok etadi, laboratoriyalar bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan multidisiplinar yondashuvni qo‘llaydi.

Batafsil

Bo‘lim mudiri:

Xusanboyev Nuriddin Abdujabborovich – bo’lim mudiri, transfuziolog, anesteziolog reanimatolog.

Asosiy yo‘nalish:

Ekstrakorporal gemo-immunokorreksiya bo’limida markazda davolanayotgan bemorlar uchun ko’rsatma bo’lganda qon va qon maxsulotlarini etkazib berish, saqlash va quyish xamda jigar etishmovchiligi, miostenik sindromi va ximioterapiyadan keying intoksikatsiyalarda bemorlarga eng zamonaviy usul va texnikalarda malakali PLAZMAFEREZ muolajasi o’tkaziladi. Tez kunlarda bemorlarda suyak iligini ko’chirib o’tqazish amaliyotlarida o’zak hujayralarni ajratib olish, saqlash va bemorga quyish amaliyotlari va buyrak etishmovchiligi bo’lgan bemorlarda GEMODIALIZ muolajasini o’kazish yo’lga qo’yiladi.

Asosiy tadqiqot turlari:

·       Qon va qon maxsulotlarini etkazib berish, saqlash va quyish,

·       Plazmaferez seansini o’tkazish,

·       O’zak hujayralarni ajratib olish, saqlash va bemorga quyish amaliyotlari,

·       Gemodializ seansini o’tkazish,

Texnik jihozlanish:

·       zamonaviy qon va qon maxsulotlarini saqlash uskunalari,

·       Plazmaferez va O’zak hujayra ajratib olish uchun zamonaviy texnika “Spectra Optia” ,

·       Gemodializ muolajasi o’tkazish uchun eng zamonaviy “Fresenius” texnikasi

Yillik yuklama:

Yiliga o‘rtacha 800 litr qon va qon maxsulotlarini markazdagi bemorlar uchun etkazib beriladi va 100-120 plazmaferez muolajalarini o’tkazadi.

Davolash jarayonidagi o‘rni:

Ekstrakorporal gemo-immunokorreksiya bo’limi markazning barcha bo‘limlari uchun muhim hissoblanib animiya va qon ketishi kuzatilayotgan bemorlarda malakali tibbiy yordam ko’rsatishda,  jigar etishmovchiligi, miostenik sindromi va ximioterapiyadan keying intoksikatsiyalarda bemorlarga eng zamonaviy usul va texnikalarda malakali plazmaferez, gemodiz muolajalari o’tkaziladi. Bu shu muolajalarga muxtoj bo’lgan bemorlar uchu muxim ahamiyat kasb etadi.

Batafsil

Bo‘lim rahbari:

Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim

Bo‘lim mudiri:

Axmedov Odiljon Muxamedjanovich, tibbiyot fanlari nomzodi.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Mazkur bo‘limda ayollar jinsiy a’zolarining xavfli va xavsiz o‘sma kasalliklarini zamonaviy usullari bilan aniqlash va jarrohlik, kimyoviy yo‘li bilan davolash amalga oshiriladi.

Bemorlarda bachadon bo’yni saratoni, bachadon tanasi, tuxumdonlar o’smalarida va shu bilan birga qin, vulva o’smalari, trofoblast kasalliklarida ham samarali usullari qo’llaniladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

Radikal, a’zoni saqlovchi, rekonstruktiv-plastik, laparoskopik, gisteroskopik,  kombinatsiyalashgan va boshqa turdagi amaliyotlar bajariladi.

       ·       Bachadonni ortiqlari bilan ekstirpatsiyasi.

       ·       Bachadonni ortiqlari bilan kengaytirilgan ekstirpatsiyasi.

       ·       Bachadonni ortiqlarisiz kengaytirilgan ekstirpatsiyasi. Tuxumdonlar transpozitsiyasi bilan.

       ·       Radikal abdominal traxelektomiya

       ·       Radikal transvaginal traxelektomiya

       ·       Kengaytirilgan tsitoreduktiv amaliyotlar

       ·       Kichik chanoq a’zolarining ekzenteratsiyasi

       ·       Kengaytirilgan vulvektomiya

       ·       Bachadonni ortiqlari bilan ekstirpatsiyasi. Omentektomiya. Peritonektomiya. Kichik chanoq limfa tugunlar limfadenektomiyasi.

 

Zamonaviy texnologiyalar:

Laparoskopik, gisteroskopik, transvaginal va a’zo saqlovchi jarrohlik amaliyotlar bajariladi.

Minimal hajmdagi tashxislash va davolash usullari

·       An’anaviy kolposkopiya

·       Sun’iy intellektga asoslangan kolposkopiya

·       Bachadon bo’yni ekstsiziyasi

·       Bachadon bo’yni termoablyatsiyasi

·       Minimal invaziv laparoskopik biopsiyalar.

·       Gisteroskopik minimal invaziv amaliyotlar.

O‘rinlar soni:

66 statsionar o’ringa ega

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga o‘tkaziladigan operatsiyalar soni 800 ga boradi va davolangan bemorlar soni 2000gacha bo’ladi.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari onkoginekologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi.

Ginekologiya bo’limi ilmiy rahbari Zaxirova N.N. boshchiligida, bo`lim    Respublika miqyosida o`tqazilayotgan bachadon bo`yni saratoni skriningida faol ishtirok etadi, hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST), UNFPA va Saratonni o’rganish halqaro agentligi (IARC) bilan birgalikda ilmiy-amaliy hamkorlik qilishadi.

Bo‘lim mudiri: Raximov San’atjon Sobirovich

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Bo‘lim jigar, o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezining  o‘smalarini aniqlash, davolash va yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini bajarishga ixtisoslashgan. Davolash jarayoni multidisiplinar yondashuv  asosida — onkojarroh, radiolog, endoskopist va kimyoterapevtlar bilan birga olib boriladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

      ·       Pankreatoduodenal rezeksiya

      ·       Me’da osti bezi distal subtotal rezeksiyasi+Splenektomiya

      ·       Me’da osti bezi distal subtotal rezeksiyasi

      ·       Gemigepatektomiya va jigar rezeksiyalari

      ·       Qorin parda orti noorgan o’smasini olib tashlash

      ·       Pankreatektomiya

      ·       Teri jigar orqali xolangiografiya va xolangiostomiya                                            

      ·       Transarterial kimyoembolizatsiya

      ·       Jigar, me’da osti bezi va qorinparda orti o’smalaridan UTT nazorati ostida biopsiya qilish

Zamonaviy texnologiyalar:

       ·       Transarterial kimyoembolizatsiya

       ·       Jigar o’smalarini mikroto’lqinli ablatsiyasi

       ·       Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya

       ·        Ultratovush nazorati ostida biopsiyalar,

       ·        operatsiyalarni rejalashtirishda raqamli vizualizatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniladi

O‘rinlar soni:

33 - o‘rinli

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 500 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari Gepatopankreatobiliar onkologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Jigar va me’da osti bezi o‘smalarida davolash natijalarini baholash, Neoadjuvant va adjuvant terapiya samaradorligini o‘rganish. Operatsiyadan keyingi asoratlar bo‘yicha statistik tahlillar. Rekonstruktiv jarrohlikning zamonaviy usullarini joriy etish. Xalqaro ilmiy loyihalarda va konferensiyalarda faol ishtirok etadi. Ilmiy maqolalar va tezislarni chop etadi. Yosh mutaxassislar, ordinatorlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.

Batafsil

Bo‘lim mudiri:

Umorov Muzaffar Xudayberdiyevich – laboratoriya mudiri, oliy toifali shifokor laborant

Asosiy yo‘nalish:

Laboratoriyada onkologik bemorlarning qon, siydik, biokimyoviy va gormonal hamda molekulyar-genetik tekshiruvlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha keng qamrovli tahlillar o‘tkaziladi. Tadqiqotlar diagnostika, davolash va monitoring bosqichlarida muhim ahamiyatga ega.

Asosiy tadqiqot turlari:

·       Qon va siydik umumiy tahlillari,

·       Biokimyoviy ko‘rsatkichlari,

·       Gemostaz

·       O‘sma markerlari (CEA, CA-125, PSA, CA 19-9 va boshqalar),

·       Gormonlar

·       Elektrolitlar,

·       Molekulyar-genetik tekshiruvlar

·       Mikrobiologik tekshiruvlar

Texnik jihozlanish:

·       Zamonaviy avtomatik analizatorlar,

·       Spektrofotometrlar,

·       IXLA

·       PCR

·       NGS

·       Raqamli ma’lumot almashish platformalari

Yillik yuklama:

Yiliga o‘rtacha 295 mingdan ortiq tahlil o‘tkaziladi.

Davolash jarayonidagi o‘rni:

Immuno-biokimyoviy laboratoriya markazning barcha bo‘limlari uchun muhim diagnostik tayanch bo‘lib, kasalliklarni erta aniqlashda, bemorlarning umumiy holatini baholash va dori vositalarining samaradorligini nazorat qilishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Batafsil

Bo‘lim mudiri:

Rahimov Oqiljon Abduxalilovich, tibbiyot fanlari doktori.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Bo'lim zamonaviy minimal invaziv - videolaparoskopik jarrohlik davolash usullaridan foydalangan holda qorin bo'shlig'i va tos a'zolarining xavfli va xavfsizli kasalliklarini diagnostika va davolashga ixtisoslashgan.

 

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

Qorin bo’shlig’I va kichik toz a’zolarda laparoskopik va ochiq amaliyotlar.

Zamonaviy texnologiyalar:

laparoskopik radikal amaliyotlar, laparoskopiya yordamida qorin bo’shlig’I a’zolardan turli hil biopsiyalar, operatsiyalarni dunyo standartlarga mos va zamonaviy texnologiyalaridan foydalaniladi.

O‘rinlar soni:

30 o‘rin

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 300 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Shundan 90% dan ortig‘i – laparoskopik yoki a’zoni saqlovchi yo‘nalishdagi operatsiyalar.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari barcha onkologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi
Batafsil

Bo‘lim mudiri:

laboratoriya mudiri

Asosiy yo‘nalish:

Laboratoriyada onkologik hastaliklarni erta tashxislash va davolash natijalari samaradorligini belgilovchi genlar mutatsiyalarini  qon va o‘sma

to‘qimalarida tekshirish taxlillari o‘kaziladi.

Asosiy tadqiqot turlari:

·       O’sma xujayralaida onkogenlar mutatsiyalarini molekulyar-genetik tahlillari

·       Yuqori onkogen xavfli odam papilloma virusi va uning genotiplari taxlili

·       Ko‘krak bezi va tuxumdon o’smasiga irsiy moyillik xavfini belgilovchi BRCA 1 va BRCA2 genlari mutatsiyasi taxlilil

·       Target dori vositalari bilan davolash uchun zarur bo’lgan genlar mutatsiysi

·       Jinsiy yo’l bilan yuqadigan va urogenital infeksiya qo,zgatuvhilarini molekulyar – genetic taxlillari.

·       Gepatit B va C viruslari mavjudligi va genotiplarini molekulyar – genetic taxlillari

Texnik jihozlanish:

·       Zamonaviy PZR va Real vaqt PZR jihozlari

·       ThermoFisher kompaniyasining Senger sekvenatori

·       Yuqori texnologik keying avlod sekvenatori (NGS)  

Yillik yuklama:

Yiliga o‘rtacha 2000 ortiq tahlil o‘tkaziladi.

Davolash jarayonidagi o‘rni:

Molekulyar – genetic laboratoriya onkologiya markazining barcha bo‘limlari faoliyati uchun muhim diagnostik taxlillarni amalga oshiradi. Bu markazimizga  murojaat etgan bemorlarga to’gri tashxis qo’yish va samarali davolashga asos bo’ladi.

Batafsil

Bo‘lim rahbari: Islamov Xurshid Djamshidovich t.f.n. oliy toifali shifokor

 

Bo‘lim mudiri: Matniyazova Shakar Yakubovna, oliy toifali shifokor

 

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Mazkur bo‘limda yо‘g‘on va tо‘g‘ri ichak o‘sma kasalliklarini zamonviy diagnostikasi va ochiq va laparaskopik turdagi jarrohlik yo‘li bilan davolash amalga oshiriladi

 

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

-О‘ng tomonlama gemikolektomiY.

-kо‘ndalang chambar ichak rezeksiyasi

-chap tomonlama gemikolektomiya

-sigmasimon ichak rezeksiyasi

-tо‘g‘ri ichakning oldingi pastki rezeksiyasi

-tо‘g‘ri ichakning sinxron ikki brigadali qorin oraliq ekstripatsiyasi

-xar-xil turdagi stomalarni qо‘yish

-о‘smani transanal rezeksiyasi.

-Xar-xil turdagi anastamozlar qо‘yish

-Rekonstruktiv tiklash operatsiyalari

 

Zamonaviy texnologiyalar:

-Laparoskopik va endoskopik jarrohlik amaliyotlari bajariladi.

-operatsiyalarni rejalashtirishda raqamli vizualizatsiya va sun’iy intellekt       

 texnologiyalaridan foydalaniladi.

 

O‘rinlar soni: 33 o‘rin

 

Yillik ko‘rsatkichlar: bir yilda 300 ga yaqin xar-xil turdagi oppearsiyalar bajariladi, shulardan 75% a’zo saqlovchi operatsiyalar bajarilgan. Bо‘limda yiliga 1220 ta umumiy xisobda davo muolajalarini qabul qilgan.

 

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari onkokoloproktologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi. Bо‘limimizda Amerika Qо‘shma Shtatining AVERTO Medical klinikasi bilan birgalikda xalqaro tadqiqot о‘tkzilmoqda. Bunda tо‘g‘ri ichak saratoni о‘rta ampulyar qismida joylashgan о‘smalarda operativ davodan keyin bemorlarga ultra pastki sigma-rektal anastamoz soxasidan 15 sm yuqoriga ColoSeal ™ ICD tibbiy jixozini о‘rnatishdan iborat. RIO va RIATM koloproktologiya bо‘limida xozirgi kungacha 38 ta bemorga shu tibbiy jixoz о‘rnatilgan, bemorlar umumiy axvoli qoniqarli. 

Batafsil

Bo`lim ilmiy rahbari: t.f.n. Abdikarimov Xurshidjon Ganjiyevich

Bo‘lim mudiri: Davletov Rasul Rahimberdiyevich

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Bo‘lim tana yumshoq to`qima, suyak, teri o‘smalarini aniqlash, davolash va yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini bajarishga ixtisoslashgan. Davolash jarayoni multidisiplinar yondashuv  asosida — onkojarroh, radiolog, rentgenolog, qon tomir jarrohi, neyroxirurg va kimyoterapevtlar bilan birga olib boriladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

·       Teri oʼsmasini kesib olish, terining retsidiv yoki metastatik oʼsmasini kesib olish

·       Teri oʼsmasini kesib olish va erkin teri plastikasi bilan

·       Dyuken operatsiyasi

·       Melnikov operatsiyasi

·       Qoʼltiq osti limfadenektomiyasi

·       Erkin teri plastikasi yordamida jarroxlik amaliyotidan keyingi defektni bartaraf etish

·       Yumshoq toʼqima oʼsmasini kesib olish

·       Yumshoq toʼqima retsidiv oʼsmasini kesib olish

·       Metastatik oʼsmani kesib olish

·       Oʼsmani kesib olish tomirlarni protezlash bilan, oʼsmani kesib olish va xosil boʼlgan defektni Qon tomir loskuti boʼlgan loskut bilan qoplash

·       Osteotomiya bilan ekskoxleatsiya

·       Suyak chekka rezektsiyasi

·       Qovurgʼa rezektsiyasi

·       Toʼsh suyagi rezektsiyasi

·       Oʼmrov suyagi rezektsiyasi

·       Kurak suyagi rezektsiyasi

·       Skapulektomiya

·       Yelka suyagi rezektsiyasi autoplastika bilan

·       Tovon suyagi rezektsiyasi

·       Chanoq suyaklari rezektsiyasi va dumgʼaza rezektsiyasi

·       Kichik boldir suyagi rezektsiyasi, suyak segmentar rezektsiyasi, oʼsma ekskoxleatsiyasi

·       Suyak segmentar rezektsiyasi speyser oʼrnatish bilan

·       Bloklovchi intramedulyar osteosintez oʼrnatish

·       Gamma shtift oʼrnatish

·       Suyak repozitsiyasi metall osteosintez bilan

·       Oʼsma ekskoxleatsiyasi + kriodestruktsiya + sementoplastika

·       Oʼsma ekskoxleatsiyasi + kriodestruktsiya + sementoplastika + metall osteosintez

·       Oʼsma ekskoxleatsiyasi sementoplastika bilan

·       Ekskoxleatsiya va autoplastika

·       Yelka boʼgʼimini endoprotezlash

·       Tirsak boʼgʼimini endoprotezlash

·       Chanoq suyaklari rezektsiyasi va rekonstruktsiyasi

·       Chanoq suyaklari rekonstruktsiyasi

·       Chanoq son boʼgʼimini endoprotezlash

·       Tizza boʼgʼimini endoprotezlash

·       Boldir - tovon boʼgʼimini endoprotezlash

·       Suyak diafiz qismini endoprotezlash

·       Bilak - kaft boʼgʼimini endoprotezlash

·       Endoprotezni olib tashlash va qayta endoprotez oʼrnatish

·       Endoprotez rekonstruktsiyasi

·       Suyak segmentar rezektsiyasi va intramedulyar shtift oʼrnatish

·       Kuraklar aro koʼkrak rezektsiyasi yoki kuraklar aro koʼkrak aputatsiyasi

·       Umurtqa oʼtkir oʼsigʼi rezektsiyasi, umurtqa yon oʼsiqlari rezektsiyasi

·       Sternumektomiya

·       Dumgʼaza rezektsiyasi

·       Kompyuter tomografiya nazorati ostida birlamchi va metastatik umurtqa pogʼonasi oʼsmalaridan trepan biopsiya olish

·       Orqa miya kompressiyasi bilan kechuvchi umurtqa pogʼonasi birlamchi va metastatik oʼsmalarida dekampression laminektomiya jarroxlik amaliyotini oʼtkazish

·       Son suyagi xavfli oʼsmalarida suyakni toʼliq olib tashlash va total endoprotezlash jarroxlik amaliyoti oʼtkazish

Zamonaviy texnologiyalar:

·       Suyak va yumshoq to’qima o’smalarida arteriya ichi kimyoterapiyasi

·       Teri melanomalarida zamonaviy immunoterapiya

·       Suyak o’smalarida KT ma’lumotlariga asosan 3D jarrohlik amaliyotlarini rejalashtirish

·       Suyak va yumshoq to’qima o’smalarida KT, rentgen, ultratovush nazorati ostida trepan biopsiyalar

·       Teri, yumshoq to’qima va suyak o’smalarida rekonstruktiv – tiklash va plastik jarrohlik amaliyotlarini o’tkazish

O‘rinlar soni:

33 - o‘rinli

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 500 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Shulardan 90% dan ortig’i a’zo saqlovchi va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotllaridir.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari Tayanch harakat tizimi onkologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Suyak, yumshoq to`qima va teri o‘smalarida davolash natijalarini baholash, Neoadyuvant va adyuvant terapiya samaradorligini o‘rganish. Operatsiyadan keyingi asoratlar bo‘yicha statistik tahlillar. Rekonstruktiv – yuqori texnologik jarrohlikning zamonaviy usullarini joriy etish. Xalqaro ilmiy loyihalarda va konferensiyalarda faol ishtirok etadi. Ilmiy maqolalar va tezislarni chop etadi. Yosh mutaxassislar, ordinatorlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.

Batafsil

Bo‘lim rahbari: prof. Kaharov Alisher Jamalitdinovich

F.I.Sh., lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni.

Bo‘lim mudiri: t.f.n  Shomansurova Nodira Saidoripovna

F.I.Sh., lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Mazkur bo‘limda sut  bez saratoni   va  saraton  oldi  kasaliklarini kompleks  va kombinirlashgan usulda -   ximio  terapiya,  target  terapiya,   immuno  terapiya, gormon  terapiya  davo usullari  о‘tqaziladi.   Bо‘limda  zamonaviy  jarroxlik usullari  amalga  oshiriladi:  sut  bezi saratonida  onkoplatik jarroxlik amaliyotlari,  rekonstrukiv plastik  operatsiyalar, “signal” limfa  tugunlarni  zamonaviy  maxsus Sentimag apparati  yordamida aniqlash va zararlangan  limfa  tugunlarni olish, sut  bezi rekonstruktiv  plastik  jarroxlik amaliyotlar,  radikal  mastektomiya, radikal rezeksiya, radikal rezeksiya limfadisseksiya  bilan jarroxlik amaliyotlar  о‘tqaziladi.  Shu  bilan  birgalikda  sut  bezi saraton  kasaliklarda  ter  osti  mastektomiyasi va  bir  vaqtli  silikon  implant  yordamida  rekostruktiv  plastik jarroxlik amaliyetlari о‘tqaziladi. Sut bezini xafsiz  о‘smalarida  sektoral  rezeksiya jarroxlik amaliyotlar  о‘tqaziladi. Bо‘limda  kukrak  bezida estik  jarroxlik  amaliyotlar  xam amalga  oshiriladi. Jumladan, sut  bezlari mastredkusiya, mastpeksiya  ( sut bezlarni kichraytirish), silikon  implant  yordamida sut  bezlarini katalashtirish.   Bо‘limida  sut bezi xafsiz о‘smalarni  sektoral   rezeksiyasi jarroxlik  amaliyotlari bajarladi.  Mastopatiya, mastopatiya  tugunli shakli mastopatiya  diffuz  formasi , mastit  kabi kasaliklar    davolanishi amalga oshiriladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

Sut  bezi о‘smsidan trepan  biopsiya olish

Qultiq osti limfa  tugunlardan biopsiya olish

Sut  bezi sektoral rezeksiya,

radikal rezeksiya,

radikal mastektomiya,

sut bezi  a’zoni saqlovchi, rekonstruktiv-plastik  va boshqa turdagi amaliyotlar.

Zamonaviy texnologiyalar:

Bо‘limda  kukrak  bezida estik  jarroxlik  amaliyotlar  xam amalga  oshiriladi. Jumladan, sut  bezlari mastredkusiya, mastpeksiya  ( sut bezlarni kichraytirish), silikon  implant  yordamida sut  bezlarini katalashtirish.

O‘rinlar soni: Bо‘limi 33 о‘rindan  iborat. Xar  bir  xonada  bemorlarga aloxida  televizor,  ovqatlanadigon stol, funksional kalavatlar . Kalavotlar  pult orqali boshqarladi.

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 400 dan  ortiq jarroxlik amaliyotlar  о‘tqaziladi .

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari маммология  yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi.

Batafsil

Bulim mudiri: Mustafayev Tojiddin Kurbonovich-tibbiyot fanlari nomzodi.

                                                                            Oliy toifali bolalar onkologi.

  

RIOvaRIATM bolalar onkologiyasi boʻlimi  2001-yil fevral oyida  tashkil qilingan. U vaqtgacha boʻlgan davrda bolalar onkologiyasiga ixtisoslashgan boʻlim Toshkent Shahar Onkologiya Dispanseri (1980-yilda tashkil qilingan va 40 oʻringa ega boʻlgan) tarkibida faoliyat yuritgan.

Asosiy faoliyat turlari:  I. Tashxisotda:  Bolalar onkologiyasining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boʻlimda xavfli oʻsma kasalliklarini tashxislashning barcha zamonaviy va ilgʻor texnologiyali usullari amaliyotga joriy qilingan.

II. Davolash borasida: xirurgik yoʻnalishda: 1. Xavfli oʻsma kasalliklarida aʼzolarni saqlovchi,  kengaytirilgan va  kombinirlashgan operatsiyalar. Jumladan: buyrak rezeksiyalari, buyraklar, korinparda orti, kichik chanok va  ko’ks oralig’i  o’smalarida mahalliy tarqalgan holatlarda bir nechta aʼzolar rezeksiyalari yaʼni  kombinirlashgan amaliyotlar. 2. Teri va yumshoq to’qima o’smalarida bir vaqtli plastik amaliyotlar. 3. Suyak oʻsmalarida  suyak autoplastik amaliyotlari va yirik buginlarni endoprotezlash;

III.  Konservativ yoʻnalishda: ximioterapiyaning  zamonaviy sxema va variantlari, regionar endovaskulyar va yuqori miqdorli ximioterapiya, target terapiya hamda qator modifikatorlar amaliyotga keng joriy qilingan.

RIOvaRIATM bolalar onkologiyasi boʻlimi ushbu  yoʻnalishda  Respublikamiz  va  Oʻrta Osiyoda yetakchi hisoblanadi.

Urinlar soni 30 ta.

Yillik kursatkichlar:

Yiliga urtacha 450-500   ta  amaliyot o’tkazish imkoniyati mavjud.

Ilmiy va ukuv faoliyati:

Bulim xodimlari onkologiya va bolalar onkologiyasi yunalishida Respublikamiz va Xorijiy kongresslarda faol ishtirok etadi. Xorijiy kongressda 2 ta maʼruza kilindi va tezislar chop etildi. Ushbu yilda 5 ta maqola chop etildi, shundan 2 tasi xorijiy. Yana 2 ta topshirilgan, shundan bittasi xorijiy. Bolalar onkologlari uchun Viloyatlarda davriy ravishda  maʼruzalar va master – klass amaliyotlari doimiy o’tkaziladi. Ushbu yilda Andijon, Fargona, Qoraqalpogiston, Qashqadatyo va Xorazm viloyatlarida o’tkazildi.   

Batafsil

Bo‘lim mudiri: Ziyayev Yaxyo Fazliddinovich. Bo’lim mudiri

ASOSIY YO‘NALISHLAR:
Bo‘limda IV bosqichdagi onkologik bemorlarga faol maxsus davolash amalga oshiriladi. Davolashning asosiy maqsadi:
– o‘sma jarayonini nazorat qilish,
– kasallikning progessiyasini sekinlashtirish,
– hayotni uzaytirish,
– og‘riq va asoratlarni kamaytirish,
– bemorning hayot sifatini saqlab qolish va yaxshilash.
Bo‘limda palliativ kimyoterapiya (PXT), target va immunoterapiya hamda palliativ jarrohlik amaliyotlari bajariladi.
KO‘RSATILADIGAN XIZMATLAR:
– Statsionar sharoitda palliativ kimyoterapiya (PXT);
– Palliativ jarrohlik amaliyotlari:
– Og‘riq sindromini farmakologik nazorat qilish;
– Simptomatik va patogenetik davolash;
– Infuzion va detoksikatsion terapiya;
– Qo‘llab-quvvatlovchi davolash;
– Psixologik yordam.
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR:
– Xalqaro klinik protokollar (ESMO, NCCN) asosida palliativ faol davolash;
– Individual davolash rejalarini tuzish;
– Multidisiplinar yondashuv (onkolog, jarroh, anesteziolog, reanimatolog);
– Davolash samaradorligini doimiy baholab borish.

O‘RINLAR SONI:
33 o‘rin

YILLIK KO‘RSATKICHLAR:
Yiliga o‘rtacha 1100–1500 nafar IV bosqich bemorlarga palliativ kimyoterapiya, jarrohlik va qo‘llab-quvvatlovchi maxsus davolash ko‘rsatiladi.

QO‘SHIMCHA MA’LUMOT:
Bo‘lim bemorlarni xalqaro klinik protokollar asosida faol onkologik davolash yo‘nalishida olib boradi. Terapevtik strategiyalar o‘sma jarayonini nazorat qilish, kasallikning kechishini sekinlashtirish, hayot sifatini saqlash va bemorlarning umumiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan.

Davolash jarayonida qo‘llab‑quvvatlovchi terapiya, og‘riqni boshqarish, ozuqaviy yordam, psixologik qo‘llab‑quvvatlash va ijtimoiy moslashuv choralariga alohida e’tibor qaratiladi. Bemorlarga individual yondashuv tamoyillari asosida, multidisiplinar konsilium ishtirokida davolash qarorlari qabul qilinadi.

Shuningdek, bo‘lim hududiy onkologik muassasalar bilan uzluksiz hamkorlikda ishlaydi, bemorlar uchun davolashning izchilligi va davomiyligini ta’minlaydi. Zarurat bo‘lgan hollarda yuqori texnologik diagnostika yoki qo‘shimcha davolash uchun ixtisoslashgan markazlar bilan yo‘naltirish mexanizmi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bo‘limning asosiy maqsadi — bemorlarning hayot sifati va davomiyligini yaxshilash, ularni jismoniy, ruhiy va ijtimoiy qo‘llab‑quvvatlash orqali tibbiy yordamning holistik yondashuvini ta’minlashdir.

Batafsil

Bo‘lim rahbari: t.f.d. Xasanov Akbar Ibragimovich

Bo‘lim mudiri: Shukurov Zohir Ibragimovich

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Bo‘limda bosh-bo’yin a’zolari – qalqonsimon bez, so’lak bez, til, lunj, yuqori jag’, pastki jag’, xiqildoq, xiqildoq-xalqum, og’iz-xalqum, burun-xalqum, burun va burun yondosh bo’shlig’Iari, quloqning tashqi eshituv yo’li, yumshoq to’qima va teri o‘smalari tashxisi hamda jarrohlik davosi amalga oshiriladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

-Tireoidektomiya

-Parotidektomiya

-Laringektomiya

-Boʻyin soxa limfodisseksiyalari

-Yuqori jag’ rezeksiyalari

-Pastki jag’ rezeksiyalari

-Bosh-boʻyin soxasida rekonstruktiv-plastik jarroxlik amaliyotlari

-Xiqildoq oʻsmalarini CO-2 lazer orqali kesib olish

-Burun va burun yondosh boʻshliqlari oʻsmalarini ochiq yoki endoskopik usulda kesib olish

-Bosh bo’yin soxa yumshoq to’qima va teri o’smalarini kesib olish.

Zamonaviy texnologiyalar:

·       O’zbekisonda yagona CO2 lazer yordamida xiqildoq va xiqildoq-xalqum soxada jarrohlik amaliyotlar

·       Burun va burun yondosh bo’shliqlarida endoskopik jarrohlik amaliyotlar,

·       Mikroxirurgik usulda rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyotlar.

O‘rinlar soni:

33 o‘rin

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 500 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Shundan 60% dan ortig‘i – yuqori texnologik operatsiyalar.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari bosh-bo’yin soxa onkologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi.

Batafsil

Bo‘lim rahbari: Jo‘rayev Mirjalol Dehqonovich t.f.d. oliy toifali shifokor

 

Bo‘lim mudiri:Xudoyorov Sanjar Sarvarovich, t.f.d.  oliy  toifali shifokor

 

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Mazkur bo‘limda meda  taloq  qorin boshligi va qorin parda orti soxasi o‘sma kasalliklarini zamonaviy tashxishlash ochiq va laparoskopik aparatlar yordamida zamonaviy davolash usullari amalga oshiriladi

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

-Kengaytirilgan gastroektomiya.

-Kengaytirilgan kombinirlashtirilgan gastroektomiya

-Medaning distal subtotal rezeksiyasi

-Medaning proksimal rezeksiyasi

-Kardioezofagial Gerlok operatsiyasi

-Splenoektomiya

-Qorin bo‘shligi va qorin parda orti soxasi o‘smalarini olish

 

Zamonaviy texnologiyalar:

-Laparoskopik va endoskopik jarrohlik amaliyotlari bajariladi.

- mahalliy tarqalgan meda saratonida uzoq muddatli regionar va selektiv endovaskulyar ximiyaterapiya usullari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi    

 

O‘rinlar soni: 33 o‘rin

 

Yillik ko‘rsatkichlar: bir yilda 250 dan ortiq ushbu vakalizatsiyalar boyicha zamonaviy jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi. Grant loyihasi boyicha har yili 100 ortiq mahalliy tarqalgan meda saratonida neadyuvant ximiyaterapiya o‘tkizish xisobiga o‘smani no rezektabil holatidan rezektabil xolatiga o‘tkizilib turli xajmdagi radikal amaliyotlar bajariladi shulardan 25 % azo saqlovchi operatsiyalar turkumiga kiradi.

 

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘limda markaz klinik ordinatorlari va yosh shifokorlar uchun xar hafta 1 marotaba bo‘lim rahbari va mudiri tomonidan bolim mavzusiga mos ravishda maruzalar o‘qilinadi va ushbu maruzalar amaliyot vaqtida alohida ko‘rsatilib olingan teoretik bilimlari asoslanadi 2025 yilda bo‘lim rahbari tomonidan 12.14. iyun 2025 yil baku shahrida turkiy mamlakatlar kongresida, 18.19 2025 yilda Toshkent shahrida S.N.G va yevro osiyo mamlakatlari onkologlari ishtirokida o‘tilgan 5 siezda maruza qilindi. Bo‘lim mudiri tomonidan ham xuddi shu siezda maruza qilingan. Bo‘lim rahbari qo‘l ostida 2025 yilda 2 nafar fan doktori 4 nafar fan nomzodi kandidatlik disertatsiyasini ximoya qildi. 

Batafsil

Bo‘lim mudiri:
t.f.n. Safarov B.I. – bo‘lim mudiri, neyroxirurg-onkolog

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
Bo‘limda markaziy asab tizimi bilan bog‘liq o‘smalari aniqlangan bemorlar uchun ixtisoslashgan neyroxirurgik yordam ko‘rsatiladi. Bosh miya va orqa miya o‘smalari, bosh chanog‘i asosidagi o‘smalar, orqa miya kanali hamda umurtqa pog‘onasi o‘smalari tashxisi va ularni jarrohlik davolash amalga oshiriladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

·        Bosh miyada joylashgan birlamchi va metastatik o‘smalarni mikroneyroxirurgik olib tashlash

·        Bosh chanog‘i asosining va orqa chanoq tubi sohasidagi murakkab o‘smalar bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari

·        Orqa miya ichidagi va tashqarisidagi (intra- va ekstradural) o‘smalarni olib tashlash

·        Umurtqa pog‘onasi o‘smalarida dekompressiv va stabilizatsion operatsiyalar (korpektomiya, transpedikulyar fiksatsiya, titanik kage va boshqalar)

·        Transnazal endoskopik adenomэktomiya (gipofiz bezi o‘smalarini burun orqali olib tashlash)

·        Neyroendoskopik va minimal invaziv neyroxirurgik amaliyotlar (kichik kesiklar orqali bajariladigan yuqori aniqlikdagi operatsiyalar)

Zamonaviy texnologiyalar:

·        Operatsion mikroskop ostida mikroneyroxirurgik usullar

·        Neyroendoskopiya va neyronavigatsiya tizimlari

·        Intraoperatsion neyrofiziologik monitoring (operatsiya vaqtida asab faoliyatini real vaqtda kuzatish)

·        MRT va KT ma’lumotlari asosida uch o‘lchamli (3D) rejalashtirish

·        Minimal invaziv va kombinatsiyalashgan neyroxirurgik kirishlardan foydalanish

O‘rinlar soni:
30 o‘rin

Yillik ko‘rsatkichlar:
Bo‘limda har yili neyroonkologik yo‘nalish bo‘yicha yuzlab bemorlarga statsionar va jarrohlik yordam ko‘rsatiladi. Amaliyotlarning asosiy qismini mikroneyroxirurgik, endoskopik va minimal invaziv operatsiyalar tashkil etadi.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:
Bo‘lim mutaxassislari neyroonkologiya va neyroxirurgiya sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi, zamonaviy tashxis va davolash usullarini amaliyotga joriy etadi. Shuningdek, ular xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ishtirok etadi, rezidentlar va amaliy shifokorlar uchun o‘quv-amaliy kurslar hamda stajirovkalarni tashkil qiladi.

Batafsil

Bo‘lim rahbari:

F.I.Sh., lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni.

Bo‘lim mudiri:

F.I.Sh., Gaipov Djamshid Abdullaevich

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Jarroxlik amaliyotlari anesteziologiyaning zamonaviy usullaridan foydalanib, ogriksizlantirish amalga oshiriladi: Arterial kon bosimini invaziv va noinvaziv monitoringi, kislota ishkor muvozanatini tekshirish, kup kon yukotilgan vaktlarda bemor konini kayta uziga kuyish imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Kimyo terapiyasidan keyingi asoratlar kuzatilganda, ogir xolatda kelgan bemorlarga malakali xizmat kursatiladi. Nur amaliyotlari va MRT tekshiruvlari, bronxoskopiya, kolonoskopiya, gastroskopiya muolajalari ogriksizlantirish ostida bajariladi.

Bajariladigan anesteziya turlari:

Ingalyasion anesteziya, total vena ichi anesteziyasi, regionar anesteziya, xamda ularning kombinasiyasi. Bunda bemor xavfsizligiga katta e'tibor beriladi. Bemorning xayotiy muxim a'zolar funksiyalarini nazorat kilish kapnografiya, oksigenasiya, anesteziyaning chukurlik darajasi BIS – monitoring orkali, miorelaksantlar ta'sirini nazorat kilish TOF monitoring orkali amalga oshiriladi. Ung va chap upkalarni aloxida intubasiyasi bilan boshkariladigan  anesteziya.  

Zamonaviy texnologiyalar:

Mini invaziv laparoskopik va endoskopik jarrohlik amaliyotlari, gibrid amaliyotlar, limfovenozo anastomoz yaratish, intraoperatsion navigatsiya, sun’iy intellekt asosidagi rejalashtirish tizimlari asosida utkaziladigan amaliyotlar zamonaviy anesteziologik asbob uskuna va monitorlar yordamida amalga oshiriladi. Port sistemalarni urnatish keng yulga kuyilgan. Surunkali ogrik sindromi bulgan bemorlarga epidural anesteziya xamda turli xil blokadalar kullaniladi.

O‘rinlar soni:

(masalan: 42 o‘rin)

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga o‘tkaziladigan operatsiyalar va davolangan bemorlar soni (agar mavjud bo‘lsa).

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Ilmiy loyihalarda ishtirok etish, yangi usullarni joriy etish, maqolalar chop etish, mutaxassislar tayyorlash.

Batafsil

Bo‘lim mudiri:

t.f.n. Raxmatullaeva Dono Tashpulatovna – bo‘lim mudiri, oliy toifali jarroh

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Bo‘limda qovoqlar, ko’z olmasi, ko’z kosasi o‘smalari tashxisi hamda jarrohlik davosi amalga oshiriladi. Shuningdek, ko’z ichi o’smalarida ko’z ichiga va selektiv usulda o’smaga qarshi vositalar bilan davolash bajariladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

·       Qovoq terisida operatsiyalar,

·        Qovoq yumshoq to’qimasida operatsiyalar,

·       Kon’yunktivadagi operatsiyalar,

·       Ko’z olmasi enukleatsiyasi,

·       Ko’z olmasi evisceratsiyasi,

·       Orbitotomiya, o’smani olish operatsiyalari,

·       Ko’z kosasi to’qimalari ekzenteratsiyasi

·       rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyotlari.

Zamonaviy texnologiyalar:

·       ko’z tubini tekshirishda va dinamikada kuzatishda zamonaviy texnologiyalardan foydaniladi (Fundus kamera, Retkam)

·       intravitreal kimyoterapiya,

·       selektiv intraarterial kimyoterapiya,

·       lazer yordamida xosila koagulyatsiyasi, TTT

O‘rinlar soni:

33 o‘rin

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 500 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Davolashning asosiy qismi a’zoni saqlovchi yo‘nalishdagi muolajalar.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari onkologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi
Batafsil